
GSU va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ta'lim va energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
17-noyabr kuni xalqaro hamkorlik doirasida Global South Utilities (GSU) bosh ijrochi direktori va boshqaruvchi direktori Ali Alshimmari boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “Yashil Energiya” QK MChJ vakillari bilan birgalikda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga (TDTU) tashrif buyurdi.













