Toshkent davlat texnika universiteti talabalari “Yashil Energiya”da: nazariyadan amaliyotga bir qadam

Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) va “Yashil Energiya” qo'shma korxonasi MChJ o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Energetika fakultetining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” yo'nalishi talabalari kompaniyaga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi zamonaviy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar bilan batafsil tanishdi. “Yashil Energiya” mutaxassislari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan quyosh energetikasi loyihalari, sohaning istiqbolli rivojlanish yo'nalishlari va shu kungacha erishilgan yutuqlar haqida qimmatli ma'lumotlar berishdi.

Bundan tashqari, talabalar Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyalariga tashrif buyurib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar bilan tanishdi. Institut mutaxassislari zamonaviy uskunalar va ularning ishlash tamoyillari haqida batafsil tushuntirishlar berdi.

Tashrifning eng qiziqarli qismlaridan biri Yangi Toshkentda joylashgan elektromobillarni quvvatlash stansiyasi bilan tanishuv bo'ldi. Bu yerda talabalar elektromobil infratuzilmasi, quvvatlash stansiyalarining ishlash mexanizmlari va ularning ekologik ahamiyati haqida amaliy ma'lumot olishdi.

Bunday tashriflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish va kelajak energetika sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.

TDTU va “Yashil Energiya” o'rtasidagi hamkorlik ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga hamda energetika sohasi uchun yosh mutaxassislar tayyorlashni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Trend

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
16-may, 2025-yil

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi

Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
27-avgust, 2026-yil

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
19-iyun, 2026-yil

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
6-iyun, 2023-yil

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi

O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
20-may, 2026-yil

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.