🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI

10

🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI

🌍 Dunyoning TOP-10 davlati tajribasi: 10 kun — 10 davlat — 10 tahliliy maqola

Bugungi kunda qayta tiklanuvçi energiya manbalari jahon iqtisodiyotining muhim rivojlaniş omillaridan biriga aylanmoqda. Quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa ekologik toza energiya manbalari sanoat, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, tadbirkorlik va aholi farovonligini oşirişda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.

Xalqaro energetika taşkilotlari ma’lumotlariga köra, 2025-yilda dunyo böyiça faqat quyoş fotoelektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi 2 778 milliard kVt·soatga yetdi. Bu 2024-yilga nisbatan qariyb 30 foizlik ösişdir.

Xöş, qayta tiklanuvçi energiya sohasida yetakçi davlatlar qanday iqtisodiy natijalarga erişmoqda?

🌐 Dunyoning 10 ta yetakçi davlati tajribasi

🇨🇳 1-kun. Xitoy — sanoat va eksport rivoji.

2025-yilda quyoş fotoelektr quvvatlari taxminan 312,5 GVtga oşib, 1 200,4 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiya texnologiyalari, akkumulyatorlar va elektr uskunalarini işlab çiqariş sanoat hamda eksportning muhim yönalişiga aylandi.

🇺🇸 2-kun. AQŞ — investitsiyalar va yangi iş örinlari.

Quyoş quvvatlari taxminan 32 GVtga ösib, 209,5 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiya loyihalari quriliş, muhandislik, elektrotexnika va energiya saqlaş sohalariga investitsiyalarni rağbatlantirmoqda.

🇮🇳 3-kun. Hindiston — qişloq xöjaligi va aholi farovonligi.

Quyoş quvvatlari taxminan 33,6 GVtga oşib, 131 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiya hisobiga suğoriş tizimlari va xonadonlarni elektr bilan ta’minlaş xarajatlarini kamaytiriş imkoniyatlari kengaymoqda.

🇩🇪 4-kun. Germaniya — sanoatda energiya tejamkorligi.

Quyoş quvvatlari taxminan 17,3 GVtga ösib, 107,2 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiyadan foydalanış korxonalarning elektr xarid xarajatlarini kamaytiriş, energiya kooperativlari va akkumulyator texnologiyalarini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

🇯🇵 5-kun. Yaponiya — energetik mustaqillik va innovatsiyalar.

Quyoş quvvatlari taxminan 0,6 GVtga ösib, 92,2 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiya manbalari import yoqilğilariga qaramlikni kamaytiriş va yangi energetik texnologiyalarni rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇧🇷 6-kun. Braziliya — tadbirkorlik va hududiy iqtisodiyot.

Quyoş quvvatlari taxminan 11,6 GVtga oşib, 64,7 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiya loyihalari mahalliy investitsiyalar, quriliş, xizmat körsatiş va kiçik biznes rivojini rağbatlantirmoqda.

🇪🇸 7-kun. Ispaniya — elektr energiyasi narxi va sanoat raqobatbardoşligi.

Quyoş quvvatlari taxminan 6,3 GVtga ösib, 44,9 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiya işlab çiqarişning ortişi elektr bozorida raqobatni kuçaytiriş va sanoat korxonalari xarajatlarini optimallaştiriş imkonini bermoqda.

🇦🇺 8-kun. Avstraliya — aholi iqtisodiyoti va energiya saqlaş tizimlari.

Quyoş quvvatlari taxminan 3,9 GVtga oşib, 42,4 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiyadan foydalanış xonadonlarning elektr xarajatlarini kamaytiriş va akkumulyatorlar bozorini rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

🇮🇹 9-kun. Italiya — işlab çiqariş xarajatlarini qisqartiriş.

Quyoş quvvatlari taxminan 5,2 GVtga ösib, 41,2 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiya sanoat, qişloq xöjaligi va xizmat körsatiş sohalarida energiya xarajatlarini kamaytiriş hamda import yoqilğilariga qaramlikni qisqartiriş imkoniyatini kengaytirmoqda.

🇰🇷 10-kun. Janubiy Koreya — yuqori texnologik sanoat va innovatsiyalar.

Quyoş quvvatlari taxminan 7,4 GVtga oşib, 34 GVtga yetdi. Qayta tiklanuvçi energiyani rivojlantiriş elektronika, avtomobilsozlik, raqamli texnologiyalar va energiya saqlaş infratuzilmalari bilan uyğunlaşmoqda.

📢 BIZNI KUZATIB BORING!

Kelgusi 10 kun davomida sizlar bilan qayta tiklanuvçi energiya sohasida ilğor tajribaga ega dunyoning 10 ta davlati haqida maqolalar turkumini yoritişda davom etamiz!

Har kuni bitta davlat misolida qayta tiklanuvçi energiya manbalarining:

  • sanoat va işlab çiqariş rivojiga;
  • milliy iqtisodiyot va investitsiyalarga;
  • qişloq xöjaligi va tadbirkorlikka;
  • yangi iş örinlari yaratilışiga;
  • aholi farovonligi va energiya xarajatlariga

ta’sirini iqtisodiy natijalar va amaliy misollar asosida tahlil qilamiz.

🌍 10 KUN — 10 DAVLAT — 10 ILĞOR TAJRIBA!

🌱QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYA — BARQAROR IQTISODIYOT VA FAROVON KELAJAK ASOSI!

Trend

яшил
17-oktyabr, 2026-yil

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT

16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
27-avgust, 2026-yil

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

нев
23-oktyabr, 2026-yil

🌍 YASHIL ENERGIYA — JAHON ENERGETIKASIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI

Yashil Energiya jahon energetikasidagi eng muhim voqealar sharhini tayyorladi. Dayjest energiya saqlash tizimlari, quyosh energetikasi, elektr tarmoqlari, elektr transporti, gidroenergetika va energiya samaradorligini qamrab oladi.

тил
21-oktyabr, 2026-yil

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

Tongwei Co. kompaniyasi vakili bilan suhbat o'tkazildi
14-noyabr, 2024-yil

Tongwei Co. kompaniyasi vakili bilan suhbat o'tkazildi

Tongwei Co. kompaniyasi bilan kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan turli muzokaralar ham o'tkazildi.

“Yashil Energiya” raqamli transformatsiya yo'lidan bormoqda
22-aprel, 2026-yil

“Yashil Energiya” raqamli transformatsiya yo'lidan bormoqda

“Yashil Energiya”da raqamli madaniyatni mustahkamlash, axborot xavfsizligini kuchaytirish va ichki kommunikatsiyani takomillashtirishga bag'ishlangan o'quv seminari o'tkazildi. Tadbir IT va raqamlashtirish bo'limi tomonidan tashkil etildi