
Yangiliklar
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bugun ushbu sana ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtirom ramzi sifatida nishonlanadi.
O‘zbek tili zamon bilan hamnafas rivojlanib, ilm-fan, texnologiya va energetika kabi sohalarda ham keng qo‘llanmoqda. “Quyosh elektr stansiyasi”, “qayta tiklanuvchi energiya” va “yashil iqtisodiyot” kabi tushunchalar tilimizning zamonaviy taraqqiyotdagi o‘rnini aks ettiradi.
Yashil kelajak sari intilar ekanmiz, ona tilimizning boyligini asrash, uning imkoniyatlarini kengaytirish va kelajak avlodlarga yetkazish ham umumiy mas’uliyatimizdir.
Yashil Energiya jamoasi barchani O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklaydi! Ona tilimiz ravnaqi va yurtimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
Trend
Ommabop yangiliklar

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT
16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

“Yashil Energiya” raqamli transformatsiya yo'lidan bormoqda
“Yashil Energiya”da raqamli madaniyatni mustahkamlash, axborot xavfsizligini kuchaytirish va ichki kommunikatsiyani takomillashtirishga bag'ishlangan o'quv seminari o'tkazildi. Tadbir IT va raqamlashtirish bo'limi tomonidan tashkil etildi

Tongwei Co. kompaniyasi vakili bilan suhbat o'tkazildi
Tongwei Co. kompaniyasi bilan kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan turli muzokaralar ham o'tkazildi.

Power Uzbekistan 2026 — energetika va imkoniyatlar uchrashadigan maydon
2026-yil 12–14-may kunlari CAEx Uzbekistan ko'rgazmalar markazida o'tadigan Power Uzbekistan 2026 — energetika qiymat zanjirining barcha asosiy ishtirokchilarini birlashtiradigan mintaqadagi eng yirik energetika ko'rgazmasi.

“Yashil Energiya”da umumxalq xayriya hashari o'tkazildi
13–14-mart kunlari “Yashil Energiya” QK MChJda “Yurt obodligi mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
