ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT

yashil

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT

16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari keltirgan raqamlar:
So‘nggi yillarda sohaga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi;
Investorlar geografiyasi 2–3 davlatdan 10 dan ortiq davlatga kengaydi;
Qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31% ga yetdi;
Yashil quvvatlar jami 11,1 GVt ni tashkil etmoqda.

Uchrashuvda umumiy qiymati 4,7 milliard dollar bo‘lgan 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitim imzolandi. Ular 3 000 MVt ishlab chiqarish va 400 MVt energiya saqlash quvvatlarini nazarda tutadi.

2030-yilgacha 22 000 MVt yangi quvvat yaratiladi. Shunda qayta tiklanuvchi energiya ulushi 54% ga yetadi. Yashil energiya ishlab chiqaruvchi investorlar uchun yashil sertifikatlar va karbon kreditlardan daromad olish mexanizmlari joriy etiladi.

Yashil Energiya O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga hissa qo‘shishda davom etadi.

Trend

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
27-avgust, 2026-yil

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

Tongwei Co. kompaniyasi vakili bilan suhbat o'tkazildi
14-noyabr, 2024-yil

Tongwei Co. kompaniyasi vakili bilan suhbat o'tkazildi

Tongwei Co. kompaniyasi bilan kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan turli muzokaralar ham o'tkazildi.

22-dekabr — Energetika xodimlari kuni muborak bo'lsin!
22-dekabr, 2025-yil

22-dekabr — Energetika xodimlari kuni muborak bo'lsin!

“Yashil Energiya” kompaniyasi jamoasi energetika sohasining barcha mutaxassislarini 22-dekabr — Energetika xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.

сувтаъминот
13-oktyabr, 2026-yil

«Ўзсувтаъминот» АЖ объектларида 25,6 МВт қувватли қуёш фотоэлектр станциялари ишга туширилди

Ўзбекистонда ижтимоий ва стратегик аҳамиятга эга объектларни қайта тикланувчи энергия манбалари билан таъминлаш, электр энергияси харажатларини камайтириш ҳамда энергия самарадорлигини ошириш бўйича ишлар изчил давом этмоқда. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 16-февральдаги ПҚ-57-сонли қарорига мувофиқ “Yashil Energiya” компанияси томонидан мамлакатимизда фаолият курсатаётган ташкилот ва массасаларга ўз хисобидан КФЭСлар ўрнатиб электр энергияси етказиб бериш бўйича жадал ишлар олиб бормоқда.

GSU “Yashil Energiya” MChJ loyihalarini rivojlantirishga 27 mln AQSh dollari sarmoya kiritadi
24-sentyabr, 2025-yil

GSU “Yashil Energiya” MChJ loyihalarini rivojlantirishga 27 mln AQSh dollari sarmoya kiritadi

O'zbekistonda kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish, olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida BAAning kompaniyasi bilan kelishuvlarga erishildi.

quyosh energetikasi
28-sentyabr, 2026-yil

Quyosh energetikasi jadal sur’at olmoqda: dunyodagi yangi texnologiyalar va Yashil Energiya kompaniyasining O‘zbekistondagi hissasi

Quyosh fotoelektr energetikasi butun dunyoda faol rivojlanishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda bir qator davlatlar quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi yangi loyihalar, texnologik yechimlar va investitsiyalar haqida e’lon qildi.