Quyosh energetikasi jadal sur’at olmoqda: dunyodagi yangi texnologiyalar va Yashil Energiya kompaniyasining O‘zbekistondagi hissasi

Quyosh fotoelektr energetikasi butun dunyoda faol rivojlanishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda bir qator davlatlar quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi yangi loyihalar, texnologik yechimlar va investitsiyalar haqida e’lon qildi.

Daniyada ishga tushirilayotgan uch yillik loyiha doirasida dengizda suzuvchi quyosh generatsiyasi sinovdan o‘tkaziladi. Roskilde fyordida umumiy quvvati qariyb 115 kVt bo‘lgan uchta suzuvchi quyosh paneli texnologiyasi sinab ko‘riladi. Asosiy e’tibor ularning texnik samaradorligi, atrof-muhitga ta’siri va iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga qaratiladi.

Avstraliyada ARENA agentligi Lightspeed loyihasi uchun AU$25 mln ajratdi. Uch yil davomida yirik quyosh obyektlarida qurilish va ekspluatatsiyaning yangi texnologiyalari, jumladan, sanoat miqyosidagi quyosh fotoelektr stansiyalari tannarxini pasaytirishga xizmat qiladigan avtomatlashtirilgan yechimlar sinovdan o‘tkaziladi.

Turkiyada Shanliurfa shahrida quvvati 23,9 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Faqat 2026-yilning birinchi yarmida mamlakatda qariyb 2,1 GVt quyosh quvvatlari ishga tushirilib, ularning umumiy hajmi taxminan 26,9 GVtga yetdi.

Buyuk Britaniyada ham quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi investitsion faollik saqlanib qolmoqda. Gülermak Renewables kompaniyasi Esseks grafligida quvvati 48 MVt bo‘lgan Hanningfield quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun NORD/LB bankidan £35 mln miqdorida qarz mablag‘larini jalb qildi.

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarini oshirishda davom etmoqda

yashil energiya

O‘zbekistonda ham quyosh energetikasini rivojlantirish energetika transformatsiyasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 22-sentabr holatiga mamlakatdagi quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 6,3 GVtdan oshdi. 2030-yilga borib umumiy o‘rnatilgan generatsiya quvvatini 46,1 GVtga, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini esa taxminan 129 mlrd kVt·soatga yetkazish rejalashtirilgan.

Soha rivojining yaqqol misollaridan biri — Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 150 MVt bo‘lgan energiya to‘plash tizimi bilan birgalikda ishga tushirilgan, quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasidir. Stansiyaning kutilayotgan yillik ishlab chiqarish hajmi 657 mln kVt·soatni tashkil etadi, bu esa yiliga qariyb 175 mln m³ tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Yashil Energiya quyosh generatsiyasini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda

«Yashil Energiya» QK MChJ ham respublika bo‘ylab quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. Ushbu loyihalar, jumladan, PPA modeli asosida ham amalga oshirilib, mazkur model iste’molchilarga katta dastlabki kapital xarajatlarsiz «yashil» elektr energiyasidan foydalanish imkonini beradi.

yashil energiya

Bugungi kunga qadar kompaniya obyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi manbalardan 214 868 843 kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Hisob-kitob ekvivalentiga ko‘ra, ushbu hajmdagi quyosh generatsiyasi qariyb 57,2 mln m³ tabiiy gaz tejalishiga to‘g‘ri keladi. Hisob-kitob O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy ko‘rsatkichi asosida amalga oshirilgan: unga ko‘ra, Nurota QFESda 657 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi 175 mln m³ gaz tejalishiga tengdir.

Bunday hajmdagi tabiiy gazdan foydalanilganda atmosferaga taxminan 111 ming tonna CO₂ chiqarilgan bo‘lar edi. Bu taxminan 5,1 mln ta voyaga yetgan daraxtning bir yillik karbonat angidrid yutish hajmiga tengdir. Baholashda tabiiy gaz uchun EPA koeffitsiyenti hamda Arbor Day Foundation ko‘rsatkichidan foydalanilgan; unga ko‘ra, bitta voyaga yetgan daraxt yiliga 48 funtdan (taxminan 22 kg) ortiq CO₂ yutishi mumkin.

Jahon tendensiyalari shuni tasdiqlaydi: quyosh energetikasi tobora arzon va samarali bo‘lib bormoqda. Yashil Energiya biznes vakillariga ushbu imkoniyatdan bugunoq PPA modeli asosida foydalanishni taklif etadi.

Tomingizni bizga taqdim eting — qolgan barcha ishlarni o‘z zimmamizga olamiz. Kompaniya quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalash, uskunalarni xarid qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va keyingi texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini mustaqil ravishda moliyalashtiradi. Buyurtmachi QFES qurilishiga mablag‘ kiritishi shart emas — u «yashil» elektr energiyasini oladi va uning haqini uzoq muddatli shartnoma shartlariga muvofiq to‘laydi.

☀️ Sizning tomingiz — bizning investitsiyamiz. Sizning tejamkorligingiz — bizning natijamiz.

Yashil Energiya bilan quyosh energetikasiga o‘tish oson kechadi: boshlang‘ich kapital xarajatlarsiz, minimal tashkiliy masalalar bilan va loyihani hisob-kitobdan ekspluatatsiyagacha bo‘lgan to‘liq sikl asosida amalga oshirish.

Trend

яшил
17-oktyabr, 2026-yil

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT

16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

нев
23-oktyabr, 2026-yil

🌍 YASHIL ENERGIYA — JAHON ENERGETIKASIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI

Yashil Energiya jahon energetikasidagi eng muhim voqealar sharhini tayyorladi. Dayjest energiya saqlash tizimlari, quyosh energetikasi, elektr tarmoqlari, elektr transporti, gidroenergetika va energiya samaradorligini qamrab oladi.

тил
21-oktyabr, 2026-yil

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi
23-sentyabr, 2026-yil

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi

2026-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat elektr energetikasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish rejalari hamda yoqilg'i-energetika sohasida loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

10
27-oktyabr, 2026-yil

🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI

🌍 Dunyoning TOP-10 davlati tajribasi: 10 kun — 10 davlat — 10 tahliliy maqola Bugungi kunda qayta tiklanuvçi energiya manbalari jahon iqtisodiyotining muhim rivojlaniş omillaridan biriga aylanmoqda. Quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa ekologik toza energiya manbalari sanoat, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, tadbirkorlik va aholi farovonligini oşirişda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.

али
21-oktyabr, 2026-yil

FORBES E’TIROFI: ALI ALSHIMMARI — BARQARORLIK YETAKCHILARI QATORIDA

Global South Utilities (GSU) kompaniyasining boshqaruvchi direktori va bosh direktori, shuningdek, “Yashil Energiya” QK MChJ Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari Ali Alshimmari Forbes Middle East nashrining “Barqarorlik yetakchilari 2026” (Sustainability Leaders 2026) ro‘yxatiga kiritildi.