Kompaniya haqida

"Yashil Energiya" MChJ – O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va joriy etishga ixtisoslashgan kompaniya. Kompaniyamiz 2023-yil 16-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-57-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

Bizning missiyamiz

Barqaror rivojlanishni ta'minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish orqali mamlakatimizning energiya mustaqilligiga hissa qo‘shish. Bunda dastlab ijtimoiy soha obyektlari sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash asosiy maqsad qilingan.

Faoliyatimiz

  • about-solar.webp

    Ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning binolarining tom qismiga quyosh fotoelektr stansiyasini o’rnatish va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish.

  • about-ev-charging.webp

    Bir vaqting o’zida bir qancha elektr mashinalarini innovatsion qurilmalar yordamida sifatli elektr energiyasi bilan quvvatlash.

  • about-micro-hydro.webp

    O‘zbekiston hududida kichik quvvatli gidroelektr stansiyalarini barpo etish va ulardan samarali foydalanishni amalga oshirish.

Muhim voqealar

  1. 2023

    • 16.02.2023 yilda "2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–57-son) asosida "Yashil Energiya" MChJ tashkil etildi.
    • 2023-yil oxiriga kelib "Yashil Energiya" MChJ tomonidan o'rnatilgan va ishlab turgan stansiyalar quvvati 20 000 kVt dan ortdi.
  2. 2024

    • "Yashil" iqtisodiyot rivojiga hissa qo'shish maqsadida "Yashil Energiya" MChJ tarkibida "Mini va MikroGES" va elektr mashinalarni quvvatlash bilan shug'ullanuvchi "Quvvatlash stansiyalari" bo'limlari tashkil etildi.
    • 2024-yil oxiriga kelib "Yashil Energiya" MChJ balansidagi mavjud stansiyalar quvvati 48 000 kVt dan ortdi.
  3. 2025

    • 2025-yil 24-sentabrda "Yashil Energiya" MChJning 51% ulushi BAAning "GSU" kompaniyasi tomonidan sotib olindi.
    • 2025-yil 29-sentabrda kompaniya yangi mulkchilik shakliga o'tdi va "Yashil Energiya" MChJ QK qo'shma korxonasi sifatida qayta tashkil etildi.
    • 2025-yil oxiriga kelib Yashil Energiya faol obyektlarining o'rnatilgan quvvati 130 000 kVt ga yetdi.
  4. 2026

    • Qashqadaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlarida elektromobillar uchun 6 ta yangi quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi.

Yutuqlarimiz

Respublikaning barcha viloyatlarida servis markazlari mavjud

Hozirda 130 000 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari ishlab turibdi

1 200 ga yaqin ijtimoiy soha obyektlariga quyosh fotoelektr stansiyasi o’rnatilgan

Yiliga o'rtacha 65 000 MVt·s / yil dan ko'proq toza elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda

Hamkorlarimiz

twfoxEsshuaweitoshsolarMan

Kontaktlar

Telefon raqami

+998 55-514-88-44

Manzil

Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor ko'chasi, 2B-uy

Mo'ljal

UZGIDROMET

Elektron pochta

info@yashil-energiya.uz