
Yangiliklar
FORBES E’TIROFI: ALI ALSHIMMARI — BARQARORLIK YETAKCHILARI QATORIDA

FORBES E’TIROFI: ALI ALSHIMMARI — BARQARORLIK YET
AKCHILARI QATORIDA
Global South Utilities (GSU) kompaniyasining boshqaruvchi direktori va bosh direktori, shuningdek, “Yashil Energiya” QK MChJ Kuzatuv kengashi raisi o‘rinbosari Ali Alshimmari Forbes Middle East nashrining “Barqarorlik yetakchilari 2026” (Sustainability Leaders 2026) ro‘yxatiga kiritildi.
Forbes Middle East Yaqin Sharq mintaqasining eng yirik kompaniyalarida barqaror rivojlanish va ijobiy ta’sirga yetakchilik qilayotgan rahbarlarni e’tirof etadi. 2026-yilgi ro‘yxatga 17 ta toifa bo‘yicha 145 nafar rahbar kiritildi.
Bu e’tirof Ali Alshimmarining Global South Utilities (GSU) o‘sishiga rahbarligi va rivojlanayotgan bozorlarda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga qo‘shgan hissasini aks ettiradi. Kompaniya loyihalari energetika tizimlarining barqarorligini mustahkamlab, toza va ishonchli elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirmoqda.
15-oktabr kuni Ali Alshimmari boshchiligidagi delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” yo‘nalishi talabalari uchun Global South Utilities stipendiyasi to‘g‘risidagi Nizom imzolandi.
Bu yil Ali Alshimmari Gulf Business Awards 2026 tanlovida “Energetikada yil yetakchisi” unvoniga ham sazovor bo‘lgan edi.
Yashil Energiya jamoasi Ali Alshimmarini ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaydi!
So'nggi yangiliklar
Trend
Ommabop yangiliklar

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT
16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

“Yashil Energiya” raqamli transformatsiya yo'lidan bormoqda
“Yashil Energiya”da raqamli madaniyatni mustahkamlash, axborot xavfsizligini kuchaytirish va ichki kommunikatsiyani takomillashtirishga bag'ishlangan o'quv seminari o'tkazildi. Tadbir IT va raqamlashtirish bo'limi tomonidan tashkil etildi

Tongwei Co. kompaniyasi vakili bilan suhbat o'tkazildi
Tongwei Co. kompaniyasi bilan kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan turli muzokaralar ham o'tkazildi.

Power Uzbekistan 2026 — energetika va imkoniyatlar uchrashadigan maydon
2026-yil 12–14-may kunlari CAEx Uzbekistan ko'rgazmalar markazida o'tadigan Power Uzbekistan 2026 — energetika qiymat zanjirining barcha asosiy ishtirokchilarini birlashtiradigan mintaqadagi eng yirik energetika ko'rgazmasi.

“Yashil Energiya”da umumxalq xayriya hashari o'tkazildi
13–14-mart kunlari “Yashil Energiya” QK MChJda “Yurt obodligi mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
