
Yangiliklar
Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi


480 kVt quvvatli Huawei Fusion Charge stansiyasi — Xitoyning Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo'lib o'rnatilgan yuqori texnologik quvvatlash infratuzilmasi. Ushbu qurilma bir vaqtning o'zida oltita elektromobilni atigi 15 daqiqada to'liq quvvatlay oladi.


Yana bir muhim jihat — stansiya yaqinida 200 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Quvvatlash stansiyasi aynan shu quyosh panellari ishlab chiqarayotgan “yashil energiya”dan foydalanadi.

Ushbu loyihalar mamlakatimizda ekologik toza transportning keng ommalashishiga, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratilishiga xizmat qiladi va shu bilan birga ekologik barqarorlikni ta'minlaydi.

Trend
Ommabop yangiliklar

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Energetika kelajagi bugun boshlanadi — ta'lim, texnologiya va amaliy tajriba orqali
Toshkent davlat texnika universiteti, GSU va “Yashil Energiya” o'rtasidagi hamkorlik doirasida qayta tiklanuvchi energetika sohasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dual ta'lim dasturi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
