
Yangiliklar
“Yashil Energiya” raqamli transformatsiya yo'lidan bormoqda
“Yashil Energiya”da raqamli madaniyatni mustahkamlash, axborot xavfsizligini kuchaytirish va ichki kommunikatsiyani takomillashtirishga bag'ishlangan o'quv seminari o'tkazildi. Tadbir IT va raqamlashtirish bo'limi tomonidan tashkil etildi.

Dastur doirasida xodimlar quyidagi asosiy yo'nalishlarda amaliy bilimlarga ega bo'lishdi:
• axborot xavfsizligi talablari
• maxfiy ma'lumotlar bilan ishlash
• samarali ichki kommunikatsiya
Amaliy mashg'ulotlarda zamonaviy raqamli yechimlarning imkoniyatlari yaqqol namoyish etildi:
• Microsoft Teams — real vaqt rejimida muloqot va hamkorlikda ishlash platformasi
• Microsoft SharePoint — hujjatlar va kontentni boshqarishning samarali tizimi
• Microsoft OneDrive — fayllarni xavfsiz saqlash va almashish
Seminar jarayonlar tezroq kechadigan, hamkorlik samaraliroq bo'ladigan va ma'lumotlar ishonchliroq himoyalangan zamonaviy raqamli muhitni yaratish yo'lidagi navbatdagi qadam bo'ldi.
“Yashil Energiya” ilg'or yondashuv va texnologiyalarni joriy etishda davom etib, barqaror o'sish va innovatsiyalar uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Kelajak bugungi raqamli yechimlardan boshlanadi.
Trend
Ommabop yangiliklar

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT
16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

🌍 YASHIL ENERGIYA — JAHON ENERGETIKASIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI
Yashil Energiya jahon energetikasidagi eng muhim voqealar sharhini tayyorladi. Dayjest energiya saqlash tizimlari, quyosh energetikasi, elektr tarmoqlari, elektr transporti, gidroenergetika va energiya samaradorligini qamrab oladi.

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi
2026-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat elektr energetikasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish rejalari hamda yoqilg'i-energetika sohasida loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

Quyosh energetikasi jadal sur’at olmoqda: dunyodagi yangi texnologiyalar va Yashil Energiya kompaniyasining O‘zbekistondagi hissasi
Quyosh fotoelektr energetikasi butun dunyoda faol rivojlanishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda bir qator davlatlar quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi yangi loyihalar, texnologik yechimlar va investitsiyalar haqida e’lon qildi.

🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI
🌍 Dunyoning TOP-10 davlati tajribasi: 10 kun — 10 davlat — 10 tahliliy maqola Bugungi kunda qayta tiklanuvçi energiya manbalari jahon iqtisodiyotining muhim rivojlaniş omillaridan biriga aylanmoqda. Quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa ekologik toza energiya manbalari sanoat, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, tadbirkorlik va aholi farovonligini oşirişda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
