
Yangiliklar
O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.
Shundan 1 573 MVt — issiqlik generatsiyasi, 300 MVt — quyosh energetikasi, 200 MVt — shamol energetikasi va 350 MVt — energiya to'plash tizimlari. Loyihalarning umumiy qiymati 1,7 mlrd dollarni tashkil etadi.
Xususan:
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 1 573 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi
Stansiya yiliga 13 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Foydali ish koeffitsiyenti 61,7 foiz bo'lgan stansiya yiliga qariyb 1,1 mlrd kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
Umumiy qiymati 900 mln dollar bo'lgan loyiha to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hisobidan amalga oshirildi. U Fransiyaning EDF, Qatarning Nebras Power, Yaponiyaning Sojitz Corporation va Kyuden International kompaniyalaridan iborat konsorsium bilan hamkorlikda ishga tushirildi.
Navoiy viloyati Nurota tumanida 300 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi va 150 MVt quvvatli energiya to'plash tizimi ishga tushirildi
Qiymati 390 mln dollar bo'lgan loyiha Xitoyning China Energy Overseas Investment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Loyiha samarasi: obyekt yiliga 657 mln kVt·soat yashil elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu qariyb 273 ming xonadonning yillik elektr energiyasi iste'moliga teng. Har yili 175 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 377 ming tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olinadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qorao'zak tumanida 200 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi va 100 MVt quvvatli energiya to'plash tizimi ishga tushirildi
Qiymati 263 mln dollar bo'lgan loyiha Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Natijada loyiha yiliga 701 mln kVt·soat yashil elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu qariyb 292 ming xonadonning yillik elektr energiyasi iste'moliga teng. 187 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 403 ming tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olinadi.
Namangan viloyati Uychi tumanida 100 MVt quvvatli energiya to'plash tizimi ishga tushirildi
Qiymati 110 mln dollar bo'lgan loyiha Xitoyning China Energy Overseas Investment Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Loyiha samarasi: tizim kuniga ikki marta, ikki soatdan 100 MVt quvvatda elektr energiyasini to'plash imkonini beradi — umumiy to'plash sig'imi 200 MVt·soat. To'plangan energiya elektr tarmog'ining barqarorligi va ishonchliligini ta'minlash uchun eng yuqori iste'mol paytlarida ishlatiladi.
Trend
Ommabop yangiliklar

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Energetika kelajagi bugun boshlanadi — ta'lim, texnologiya va amaliy tajriba orqali
Toshkent davlat texnika universiteti, GSU va “Yashil Energiya” o'rtasidagi hamkorlik doirasida qayta tiklanuvchi energetika sohasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dual ta'lim dasturi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
