
Yangiliklar
Xavfsizlik — korporativ madaniyatimizning asosiy qadriyati!

Xavfsiz va ishonchli ish muhitini ta'minlash bo'yicha kompaniyaning izchil siyosati doirasida “Yashil Energiya”da mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi qoidalari bo'yicha rasmiy o'quv seminari o'tkazildi.
Seminarni O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik Allayor Baxtiyorovich Axmedov, Akademiya katta o'qituvchisi, polkovnik Xusan Alisherovich Bobonov hamda “Yashil Energiya” mehnat muhofazasi bo'yicha mutaxassisi Bahromjon Mahamadjonovich Soliyev olib bordi.

Mashg'ulot davomida xodimlarga ish joyidagi xavfsizlik talablari, yong'inning oldini olish choralari hamda favqulodda vaziyatlarda to'g'ri harakat qilish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi. Seminarda nazariy bilimlar amaliy misollar va hayotiy vaziyatlar tahlili bilan uyg'unlashtirildi.

“Yashil Energiya”da xavfsizlik nafaqat me'yoriy talab, balki barcha xodimlarning umumiy mas'uliyati va kompaniya korporativ madaniyatining ajralmas qismi sifatida qaraladi.
Trend
Ommabop yangiliklar

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
