O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistrantlari nigohida “yashil energiya”

“Yashil Energiya” QK MChJ yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistrantlari uchun o'quv tashrifini tashkil etdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan Prezident qarorlarining amaliy ijrosi bilan tanishdi. Magistrantlar, shuningdek, “Yashil Energiya”ning asosiy yutuqlari, amalga oshirilayotgan loyihalari va kelgusidagi strategik rejalari haqida ma'lumot oldi.

Ma'lumot uchun: 2025-yil sentabr oyida Abu-Dabida joylashgan Global South Utilities (GSU) energetika kompaniyasi “Yashil Energiya” QK MChJning 51 foiz ulushini sotib olib, kompaniyaga strategik ta'sischi-hamkor sifatida qo'shildi.

Dastur nazariy bilimlarni real amaliyot bilan bog'lashga qaratilgan bo'lib, unda qayta tiklanuvchi energetikaning davlat siyosatidagi o'rni, raqamlashtirish va innovatsion texnologik yechimlarning ahamiyatiga alohida e'tibor qaratildi. Ishtirokchilar ixtisoslashgan laboratoriyalarga tashrif buyurib, qayta tiklanuvchi energiya tizimlarining ishlash tamoyillari bilan bevosita tanishdi.

Bunday uchrashuvlar davlat boshqaruvi sohasida yangi avlod professional rahbarlarini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Akademiya tinglovchilari uchun bu tajriba kelgusidagi rahbarlik faoliyatida puxta asoslangan va dalillarga tayangan qarorlar qabul qilish uchun qimmatli amaliy bilim beradi.

Amaliy o'quv dasturi 19-dekabrga qadar davom etadi va unda 160 dan ortiq tinglovchi, jumladan, tuman va shahar hokimlarining o'rinbosarlari, hududlarni kompleks rivojlantirish uchun mas'ul vazirlik va idoralarning bo'lim boshliqlari hamda ijtimoiy soha rahbarlari ishtirok etmoqda.

“Yashil Energiya” QK MChJ o'z tajribasini baham ko'rishda va O'zbekiston davlat boshqaruvi tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo'shishda davom etadi.

Yashil energiya — nafaqat kelajak, balki bugungi kun taraqqiyotidir.

Trend

яшил
17-oktyabr, 2026-yil

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT

16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

нев
23-oktyabr, 2026-yil

🌍 YASHIL ENERGIYA — JAHON ENERGETIKASIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI

Yashil Energiya jahon energetikasidagi eng muhim voqealar sharhini tayyorladi. Dayjest energiya saqlash tizimlari, quyosh energetikasi, elektr tarmoqlari, elektr transporti, gidroenergetika va energiya samaradorligini qamrab oladi.

тил
21-oktyabr, 2026-yil

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi
23-sentyabr, 2026-yil

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi

2026-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat elektr energetikasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish rejalari hamda yoqilg'i-energetika sohasida loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

quyosh energetikasi
28-sentyabr, 2026-yil

Quyosh energetikasi jadal sur’at olmoqda: dunyodagi yangi texnologiyalar va Yashil Energiya kompaniyasining O‘zbekistondagi hissasi

Quyosh fotoelektr energetikasi butun dunyoda faol rivojlanishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda bir qator davlatlar quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi yangi loyihalar, texnologik yechimlar va investitsiyalar haqida e’lon qildi.

10
27-oktyabr, 2026-yil

🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI

🌍 Dunyoning TOP-10 davlati tajribasi: 10 kun — 10 davlat — 10 tahliliy maqola Bugungi kunda qayta tiklanuvçi energiya manbalari jahon iqtisodiyotining muhim rivojlaniş omillaridan biriga aylanmoqda. Quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa ekologik toza energiya manbalari sanoat, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, tadbirkorlik va aholi farovonligini oşirişda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.