
Yangiliklar
22-dekabr — Energetika xodimlari kuni muborak bo'lsin!
“Yashil Energiya” kompaniyasi jamoasi energetika sohasining barcha mutaxassislarini 22-dekabr — Energetika xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.
Sizning fidokorona mehnatingiz, yuksak kasbiy mahoratingiz va mas'uliyatni chuqur his etishingiz mamlakatimiz energetika xavfsizligini, barqaror rivojlanishini va aholi farovonligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yo'lidagi sa'y-harakatlaringiz alohida e'tirof va tahsinga loyiqdir.
Sizga va oilangizga mustahkam sog'liq, kasbiy muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va farovonlik tilaymiz.
Shijoatingiz so'nmasin, mehnatingiz samarali bo'lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo'lsin!
Hurmat bilan,
“Yashil Energiya” QK MChJ jamoasi
Trend
Ommabop yangiliklar

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
