
Yangiliklar
“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda energetika vazirining o'rinbosari Akmal Jumanazarov va Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti janob Van Shunli ishtirok etdi. Marosim davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash rejalarini muhokama qildi.

“Huawei shu yil boshidan buyon ekotizim va energetika sohasidagi hamkorlari bilan aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Energetika vazirligi delegatsiyasi Xitoydagi Huawei bosh qarorgohiga tashrif buyurib, kompaniyaning ko'rgazma zali va quyosh texnologiyalari zavodining ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. Sian shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston–Xitoy biznes forumida Huawei energetika yechimlarini O'zbekistonda kengaytirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilovchi memorandum imzolandi. Bugungi kelishuv mamlakatning uglerod neytralligiga o'tish yo'lidagi navbatdagi muhim qadamdir”, – dedi Huawei kompaniyasining O'zbekistondagi direktori janob Chen Chji.
Huawei Digital Power yechimlari bir necha yildan buyon O'zbekistonda yirik sanoat elektr stansiyalari, tijorat va sanoat sektori hamda mahalliy quyosh energetikasi tizimlarida fotoelektr texnologiyalarini joriy etish loyihalarida qo'llanilmoqda. Huawei invertorlari 2023-yil 19-mayda Sian shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston–Xitoy yutuqlari ko'rgazmasida ham Energetika vazirligi stendida muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi sifatida namoyish etildi.
Avvalroq, 2023-yil yanvar oyida Energetika vazirligi delegatsiyasi Huawei bosh qarorgohiga tashrif buyurib, Huawei Digital Power ishlab chiqarish quvvatlarini ko'zdan kechirgan edi. 2021-yildan buyon Huawei Digital Power toza energiya ishlab chiqarish, transportni elektrlashtirish va yashil AKT infratuzilmasini rivojlantirishga e'tibor qaratib kelmoqda. 2022-yil oxiriga kelib Huawei o'z mijozlariga 695,1 mlrd kVt·soatdan ortiq yashil energiya ishlab chiqarish va energiya iste'molini 19,5 mlrd kVt·soatga kamaytirishda yordam berdi – bu 340 mln tonna CO₂ chiqindilarining oldini olishga teng.
Trend
Ommabop yangiliklar

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Energetika kelajagi bugun boshlanadi — ta'lim, texnologiya va amaliy tajriba orqali
Toshkent davlat texnika universiteti, GSU va “Yashil Energiya” o'rtasidagi hamkorlik doirasida qayta tiklanuvchi energetika sohasida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan dual ta'lim dasturi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
