
Yangiliklar
“Yashil Energiya” MChJ kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini o'rnatishni boshladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida yaqinda bo'lib o'tgan yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida “Yashil Energiya” MChJ ijtimoiy, davlat va idoraviy obyektlar ehtiyojlari uchun butun mamlakat bo'ylab kichik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalarini jadal o'rnatishni boshladi.
Xususan:
- Toshkent viloyati Bo'ka tumanidagi tibbiyot muassasasida 50 kVt quvvatli quyosh stansiyasi o'rnatilmoqda;
- Oqqo'rg'on tumanidagi Prezident maktabida 20 kVt quvvatli stansiya;
- Farg'ona viloyati Marg'ilon shahridagi tibbiyot muassasasida 100 kVt quvvatli stansiya;
- Andijon shahridagi ikkita tibbiyot muassasasiga jami 200 kVt quvvatli quyosh stansiyalari o'rnatilmoqda.

Bundan tashqari, O'zbekistonning boshqa hududlaridagi ijtimoiy soha obyektlarida ham shunday quyosh fotoelektr qurilmalari o'rnatilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Yashil Energiya” MChJ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori bilan tashkil etilgan. Kompaniya davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va davlat obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini o'rnatish va ulardan foydalanish bilan shug'ullanadi.
Trend
Ommabop yangiliklar

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
