
Yangiliklar
“Yashil Energiya” dispetcherlik markazini ishga tushirdi
Bugun, 3-noyabr kuni “Yashil Energiya” MChJ huzurida Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Dispetcherlik markazi rasman ishga tushirildi.

Ma'lumki, “Yashil Energiya” MChJ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori bilan tashkil etilgan. Kompaniya ijtimoiy soha muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga tegishli bino va inshootlarda kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini o'rnatish va ulardan foydalanish bilan shug'ullanadi.

Yuklatilgan vazifalarni o'z vaqtida, to'liq va sifatli bajarish maqsadida “Yashil Energiya” bugungi kunga qadar 333 ta ijtimoiy va davlat obyektida umumiy quvvati 18,8 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirdi.
Bugungi kunga qadar o'rnatilgan quyosh panellari 4,531 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi va milliy tarmoqdan olinadigan elektr energiyasi shunga mos ravishda kamaydi.
Trend
Ommabop yangiliklar

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
