Konstitutsiya — erkin va farovon jamiyat poydevori!

2023-yil 30-aprel kuni umumxalq referendumida xalqimiz yuksak siyosiy ong, huquqiy madaniyat va dunyoqarashni namoyon etib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririni qabul qildi. Bu davlatchiligimizning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarida barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.

Konstitutsiyaning yangi tahririga 27 ta yangi modda kiritilib, moddalar soni 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 434 taga yetdi. Ta'kidlash joizki, Konstitutsiya qariyb 65 foizga yangilandi.

Bu yil mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot kafolati!” bosh g'oyasi ostida keng nishonlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 17-oktabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini tayyorlash va o'tkazish to'g'risida”gi farmoyishi bilan tasdiqlangan dastur doirasida bir qator tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy tadbirlar o'tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan “Yashil Energiya” MChJ ham “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot kafolati!” mavzusida seminar tashkil etdi. Tadbirda kompaniyaning bosh yuriskonsulti Razzoq Jabborov xodimlarga Konstitutsiyamizga kiritilgan so'nggi o'zgarishlar hamda kompaniya faoliyati boshqa tashkilotlar kabi qonun bilan qanday himoya qilinishi haqida so'zlab berdi. Shuningdek, sohamizda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning huquqiy yechimlari ham muhokama qilindi.

Trend

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
16-may, 2025-yil

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi

Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
27-avgust, 2026-yil

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
19-iyun, 2026-yil

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
6-iyun, 2023-yil

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi

O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
20-may, 2026-yil

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.