Yana oltita oliy ta'lim muassasasida quyosh fotoelektr stansiyalari o'rnatildi!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-57-son “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorining 6-bandiga muvofiq, ijtimoiy soha muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini o'rnatish maqsadida “Yashil Energiya” MChJ tashkil etildi.

Bugungi kunga qadar mamlakat bo'ylab ijtimoiy obyektlar va davlat binolarida umumiy quvvati 10 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyalari o'rnatildi, jumladan:

  • Toshkent shahri – 2 MVt
  • Andijon viloyati – 0,75 MVt
  • Farg'ona viloyati – 0,6 MVt
  • Toshkent viloyati – 0,85 MVt
  • Surxondaryo viloyati – 0,55 MVt
  • Qashqadaryo viloyati – 0,6 MVt
  • Jizzax viloyati – 0,65 MVt
  • Samarqand viloyati – 0,7 MVt
  • Sirdaryo viloyati – 0,65 MVt
  • Qoraqalpog'iston Respublikasi – 0,5 MVt
  • Buxoro viloyati – 0,5 MVt
  • Navoiy viloyati – 0,5 MVt
  • Namangan viloyati – 0,65 MVt
  • Xorazm viloyati – 0,5 MVt

Bundan tashqari, Hukumat topshirig'iga ko'ra mamlakatdagi oltita oliy ta'lim muassasasida umumiy quvvati 2,86 MVt bo'lgan quyosh fotoelektr stansiyalari o'rnatildi, 321 ta professional ta'lim muassasasida esa 8,8 MVt quvvatli quyosh panellarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Kompaniyaning ushbu keng ko'lamli ishlari energetika tizimining ishonchliligini oshirish va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi zararli moddalar chiqindilarini kamaytirishga xizmat qiladi.

Quyosh panellarini o'rnatishning asosiy maqsadlari:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish,
  • iste'molchilarni muqobil energiyaga o'tkazish,
  • energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish,
  • tabiiy gazni tejash va qish mavsumida uzluksiz energiya ta'minotini ta'minlash.

Trend

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
16-may, 2025-yil

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi

Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
27-avgust, 2026-yil

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
19-iyun, 2026-yil

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
6-iyun, 2023-yil

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi

O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
20-may, 2026-yil

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.