
Yangiliklar
Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Aʼlo Hazratlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Saida Mirziyoyeva BAA Prezidentiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdi hamda ko'rsatilgan iliq qabul va ehtirom uchun minnatdorlik bildirdi.
Birlashgan Arab Amirliklari O'zbekistonning yaqin va ishonchli hamkorlaridan biri. Ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar yildan yilga mustahkamlanib, turli sohalarda, jumladan, energetika yo'nalishida ham amaliy natijalar bermoqda.
Yashil Energiya — O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik hamkorlik asosida faoliyat yuritayotgan qo‘shma korxona. Biz ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari kelgusida yanada mustahkamlanishiga ishonamiz.
Trend
Ommabop yangiliklar

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
