GSU “Yashil Energiya” MChJ loyihalarini rivojlantirishga 27 mln AQSh dollari sarmoya kiritadi

Energetika vazirligida Global South Utilities rahbariyati bilan uchrashuv

24-sentabr kuni Energetika vazirligida Global South Utilities (GSU) bosh ijrochi direktori Ali Alshimmari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Energetika vazirligi va GSU delegatsiyasi muzokaralar stoli atrofida

Muzokaralar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Abu-Dabi sammiti chog'ida belgilangan vazifalar doirasida o'tkazildi. Sammitda Birlashgan Arab Amirliklari bilan qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari belgilab olingan edi.

Uchrashuv ishtirokchilari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda

Bugungi kunda O'zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab chiqargan elektr energiyasining umumiy hajmi 8 mlrd kVt·soatdan oshdi. Kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini yanada oshirish va yangi yondashuvlarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida GSU bilan kelishuvlar imzolandi.

GSU “Yashil Energiya” MChJ loyihalarini rivojlantirishga 27 mln AQSh dollari sarmoya kiritadi. Ushbu investitsiyalar kichik quyosh fotoelektr stansiyalari, mikro gidroelektr stansiyalari qurilishi hamda elektromobillarni zamonaviy o'ta tezkor quvvatlash stansiyalarini joriy etish bo'yicha yangi tashabbuslarni qo'llab-quvvatlaydi.

Energetika vazirligi va GSU vakillarining umumiy surati

Bosh qarorgohi Abu-Dabida joylashgan GSU barqaror energetika va suv ta'minoti infratuzilmasini rivojlantirishga ixtisoslashgan. Kompaniya ikki qit'ada faoliyat yuritadi va umumiy quvvati 400 MVtdan ortiq bo'lgan, ishlab turgan hamda qurilayotgan qayta tiklanuvchi energiya aktivlarini boshqaradi.

BAA arab davlatlari orasida O'zbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi. Ikki davlat infratuzilmani rivojlantirish va energetik o'tish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda.

Trend

яшил
17-oktyabr, 2026-yil

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT

16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

нев
23-oktyabr, 2026-yil

🌍 YASHIL ENERGIYA — JAHON ENERGETIKASIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI

Yashil Energiya jahon energetikasidagi eng muhim voqealar sharhini tayyorladi. Dayjest energiya saqlash tizimlari, quyosh energetikasi, elektr tarmoqlari, elektr transporti, gidroenergetika va energiya samaradorligini qamrab oladi.

тил
21-oktyabr, 2026-yil

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi
23-sentyabr, 2026-yil

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi

2026-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat elektr energetikasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish rejalari hamda yoqilg'i-energetika sohasida loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

quyosh energetikasi
28-sentyabr, 2026-yil

Quyosh energetikasi jadal sur’at olmoqda: dunyodagi yangi texnologiyalar va Yashil Energiya kompaniyasining O‘zbekistondagi hissasi

Quyosh fotoelektr energetikasi butun dunyoda faol rivojlanishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda bir qator davlatlar quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi yangi loyihalar, texnologik yechimlar va investitsiyalar haqida e’lon qildi.

10
27-oktyabr, 2026-yil

🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI

🌍 Dunyoning TOP-10 davlati tajribasi: 10 kun — 10 davlat — 10 tahliliy maqola Bugungi kunda qayta tiklanuvçi energiya manbalari jahon iqtisodiyotining muhim rivojlaniş omillaridan biriga aylanmoqda. Quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa ekologik toza energiya manbalari sanoat, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, tadbirkorlik va aholi farovonligini oşirişda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.