GSU rahbari Ali Alshimmari "Yilning energetika sohasidagi yetakchisi" deb topildi

Global South Utilities (GSU) kompaniyasining boshqaruvchi direktori va bosh ijrochi direktori, shuningdek, «Yashil Energiya» QK MChJ Direktorlar kengashi raisi o'rinbosari Ali Alshimmari Gulf Business Awards 2026 mukofotida "Yilning energetika sohasidagi yetakchisi" deb topildi.

Ushbu mukofot Ali Alshimmarining rivojlanayotgan bozorlarda katta ta'sirga ega energetika infratuzilmasini rivojlantirish va amalga oshirishdagi yetakchiligini e'tirof etadi.

2026-yil Ali Alshimmari uchun xalqaro e'tiroflarga boy bo'ldi. Avgust oyida Markaziy Afrika Respublikasida quvvati 50 MVt bo'lgan va 15 MVt·soatlik energiya to'plash tizimi bilan jihozlangan Sakai quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Ochilish marosimida mamlakat Prezidenti Faustin-Arxanj Tuadera Ali Alshimmarini Markaziy Afrika Respublikasining eng oliy fuqarolik ordeni — «Markaziy Afrika xizmatlari ordeni»ning Komandor darajasi bilan taqdirladi.

Sentabr oyida esa Komor orollari Prezidenti Azali Assumani uni "Komor Yashil yarim oy ordeni ritsari" unvoni bilan taqdirladi. Mukofot mamlakatda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish va elektr infratuzilmasini mustahkamlashdagi hissasi uchun berildi: Grand-Komor, Anjuan va Moheli orollarida umumiy quvvati 20 MVt bo'lgan quyosh stansiyalari va 16 MVt·soatlik energiya to'plash tizimi barpo etildi. Loyiha Abu-Dabi Taraqqiyot jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan va Masdar kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Bu Chad va Markaziy Afrika Respublikasidan keyin Ali Alshimmarining bir yil ichida Afrika davlati hukumatidan olgan uchinchi mukofotidir.

GSU — Yashil Energiyaning strategik hamkori. Kompaniyaning rivojlanayotgan bozorlarda yirik energetika loyihalarini amalga oshirishdagi tajribasi O'zbekistonda ham yashil energetikani rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Yashil Energiya jamoasi nomidan Ali Alshimmarini ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz va energetika sohasida barqaror kelajak sari birgalikda harakat qilishda davom etamiz.

Trend

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi
16-may, 2025-yil

Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi

Yangi Toshkent hududida davlat xizmatchilari va keng jamoatchilik uchun elektromobillarni tezkor quvvatlash stansiyasi ochildi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
27-avgust, 2026-yil

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi

O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi
19-iyun, 2026-yil

YTB “Yashil Energiya” bilan birgalikda O'zbekistonda yashil infratuzilmani rivojlantirishni qo'llab-quvvatlaydi

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) va “Yashil Energiya” QK MChJ qayta tiklanuvchi energetika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Tomonlar O'zbekistonda taqsimlangan quyosh generatsiyasi, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi va kichik gidroelektr stansiyalari loyihalarini birgalikda moliyalashtirish va amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi
6-iyun, 2023-yil

“Yashil Energiya” MChJ Huawei kompaniyasidan invertorlar xarid qiladi

O'zbekiston Energetika vazirligida milliy qayta tiklanuvchi energiya loyihalari doirasida invertorlar yetkazib berish bo'yicha “Yashil Energiya” MChJ va Huawei kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
20-may, 2026-yil

O'zbekiston energetika sohasida Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

2025-yil aprel oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning Yevroosiyo taraqqiyot bankini (YTB) ta'sis etish to'g'risidagi bitimga qo'shilishi haqidagi qonunni imzoladi. Natijada O'zbekiston Bankning yettinchi a'zosiga aylandi. Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda Toshkentda YTBning rasmiy vakolatxonasi ochildi. Bu o'zaro hamkorlikni chuqurlashtirish va qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.