GSU va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ta'lim va energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

GSU delegatsiyasining Toshkent davlat texnika universitetiga tashrifi

17-noyabr kuni xalqaro hamkorlik doirasida Global South Utilities (GSU) bosh ijrochi direktori va boshqaruvchi direktori Ali Alshimmari boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “Yashil Energiya” QK MChJ vakillari bilan birgalikda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga (TDTU) tashrif buyurdi.

Delegatsiya va universitet rahbariyati o'rtasidagi uchrashuv

Uchrashuvda tomonlar qayta tiklanuvchi energetika loyihalarini milliy va xalqaro miqyosda rivojlantirish, ilg'or texnologiyalarni joriy etish hamda kadrlar tayyorlashni sohaning zamonaviy talablariga moslashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildi. Shuningdek, energetika sohasida ta'lim, ilmiy va amaliy bazani mustahkamlash imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

Delegatsiya universitet laboratoriyasi bilan tanishmoqda

Delegatsiya universitetning yuksak ilmiy salohiyati, zamonaviy laboratoriya bazasi va yuqori malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash borasidagi tajribasini yuqori baholadi.

Tashrif ishtirokchilarining umumiy surati

Tashrif yakunida tomonlar qo'shma tashabbuslarni, jumladan, hamkorlikdagi loyihalar, talabalar va professor-o'qituvchilar uchun amaliyot dasturlarini amalga oshirish hamda qayta tiklanuvchi energetika sohasida innovatsion faoliyatni yo'lga qo'yishga kelishib oldi. Mustahkamlangan hamkorlik energetika sohasining rivojlanishiga xizmat qilishi va O'zbekistonda barqaror taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.

Trend

яшил
17-oktyabr, 2026-yil

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT

16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

нев
23-oktyabr, 2026-yil

🌍 YASHIL ENERGIYA — JAHON ENERGETIKASIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI

Yashil Energiya jahon energetikasidagi eng muhim voqealar sharhini tayyorladi. Dayjest energiya saqlash tizimlari, quyosh energetikasi, elektr tarmoqlari, elektr transporti, gidroenergetika va energiya samaradorligini qamrab oladi.

тил
21-oktyabr, 2026-yil

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi
23-sentyabr, 2026-yil

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi

2026-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat elektr energetikasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish rejalari hamda yoqilg'i-energetika sohasida loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

quyosh energetikasi
28-sentyabr, 2026-yil

Quyosh energetikasi jadal sur’at olmoqda: dunyodagi yangi texnologiyalar va Yashil Energiya kompaniyasining O‘zbekistondagi hissasi

Quyosh fotoelektr energetikasi butun dunyoda faol rivojlanishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda bir qator davlatlar quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi yangi loyihalar, texnologik yechimlar va investitsiyalar haqida e’lon qildi.

10
27-oktyabr, 2026-yil

🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI

🌍 Dunyoning TOP-10 davlati tajribasi: 10 kun — 10 davlat — 10 tahliliy maqola Bugungi kunda qayta tiklanuvçi energiya manbalari jahon iqtisodiyotining muhim rivojlaniş omillaridan biriga aylanmoqda. Quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa ekologik toza energiya manbalari sanoat, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, tadbirkorlik va aholi farovonligini oşirişda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.