
Yangiliklar
300 MVt gacha quvvatli fotoelektr modullar yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi!

Xitoyning Tongwei Solar (Hefei) Co., Ltd. kompaniyasi bilan 300 MVt gacha quvvatli fotoelektr modullar yetkazib berish bo'yicha shartnoma imzolandi. Ushbu modullar kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini joriy etish doirasida ijtimoiy infratuzilma obyektlari, davlat binolari va boshqa muassasalarda o'rnatiladi.
Ma'lumot uchun: Tongwei Solar quyosh elementlari va modullarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo'lib, Tier 1 toifasidagi quyosh paneli ishlab chiqaruvchilari ro'yxatiga kiritilgan. Uning modullari dunyoning bir qator mintaqaviy bozorlarida quyosh energiyasi loyihalarida keng qo'llanilgan.
Tongweining yillik ishlab chiqarish quvvati quyosh panellari bo'yicha 45 GVtdan, quyosh elementlari bo'yicha esa 100 GVtdan oshadi.
Trend
Ommabop yangiliklar

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT
16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

🌍 YASHIL ENERGIYA — JAHON ENERGETIKASIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLAR DAYJESTI
Yashil Energiya jahon energetikasidagi eng muhim voqealar sharhini tayyorladi. Dayjest energiya saqlash tizimlari, quyosh energetikasi, elektr tarmoqlari, elektr transporti, gidroenergetika va energiya samaradorligini qamrab oladi.

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni
Har bir xalqning tili — uning tarixi, milliy o‘zligi va kelajagini o‘zida mujassam etgan bebaho qadriyatdir. Til xalqning madaniyati, ma’naviy merosi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni saqlashda muhim o‘rin tutadi.

O'zbekiston qayta tiklanuvchi energetika va energiya to'plash quvvatlarini kengaytiradi
2026-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat elektr energetikasini o'rta va uzoq muddatli rivojlantirish rejalari hamda yoqilg'i-energetika sohasida loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar bilan tanishdi.

Quyosh energetikasi jadal sur’at olmoqda: dunyodagi yangi texnologiyalar va Yashil Energiya kompaniyasining O‘zbekistondagi hissasi
Quyosh fotoelektr energetikasi butun dunyoda faol rivojlanishda davom etmoqda. So‘nggi kunlarda bir qator davlatlar quyosh fotoelektr energetikasi sohasidagi yangi loyihalar, texnologik yechimlar va investitsiyalar haqida e’lon qildi.

🌱 QAYTA TIKLANUVÇI ENERGIYANING JAHON IQTISODIYOTI RIVOJIGA QÖŞAYOTGAN HISSASI
🌍 Dunyoning TOP-10 davlati tajribasi: 10 kun — 10 davlat — 10 tahliliy maqola Bugungi kunda qayta tiklanuvçi energiya manbalari jahon iqtisodiyotining muhim rivojlaniş omillaridan biriga aylanmoqda. Quyoş, şamol, gidroenergetika va boşqa ekologik toza energiya manbalari sanoat, qişloq xöjaligi, işlab çiqariş, tadbirkorlik va aholi farovonligini oşirişda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.
