
Yangiliklar
JIZZAX - YO‘LDA ZARYADLASH

JIZZAX - YO‘LDA ZARYADLASH
Jizzax orqali elektromobilda uzoq yo‘lga chiqyapsizmi? Endi yo‘lda zaryad masalasini oldindan o‘ylab yurishingiz shart emas.
Jizzax viloyatida 4 ta quvvatlash nuqtasidan 2 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri trassada joylashgan:
📍Olmachi, M39 — 120 kVt;
📍G‘ozg‘ontepa, A-376 trassasi — 40 kVt;
📍Zamin Hotel, Zomin tumani — 120 kVt.
📍 Qahramon MFY, Paxtakor koʻchasi 105-uy — 120 kVt.
Tushlik paytida yoki tog‘da dam olayotganda avtomobilingizni quvvatlab, yo‘lingizni davom ettirishingiz mumkin. Barcha qulayliklar aynan siz uchun!
📍 Aniq manzillar va koordinatlar yashil-energiya.uzsaytida
Trend
Ommabop yangiliklar

ENERGETIKA SOHASI INVESTORLAR KENGASHI: YASHIL QUVVATLAR — 11,1 GVT
16-oktabr kuni Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbir Energetika sohasi investorlar kengashining ilk yig‘ilishi bo‘ldi. Ushbu kengashda Yashil Energiya kompaniyasi hamkori GSU ya’ni Global South Utilities kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

O'zbekistonda Markaziy Osiyoda o'z turidagi eng yirik yangi energetika obyektlari ishga tushirildi
O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakat bo'ylab umumiy quvvati 2 423 MVt bo'lgan yangi energetika obyektlari foydalanishga topshirildi.

“Yashil Energiya” raqamli transformatsiya yo'lidan bormoqda
“Yashil Energiya”da raqamli madaniyatni mustahkamlash, axborot xavfsizligini kuchaytirish va ichki kommunikatsiyani takomillashtirishga bag'ishlangan o'quv seminari o'tkazildi. Tadbir IT va raqamlashtirish bo'limi tomonidan tashkil etildi

Tongwei Co. kompaniyasi vakili bilan suhbat o'tkazildi
Tongwei Co. kompaniyasi bilan kelgusida o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish yuzasidan turli muzokaralar ham o'tkazildi.

Power Uzbekistan 2026 — energetika va imkoniyatlar uchrashadigan maydon
2026-yil 12–14-may kunlari CAEx Uzbekistan ko'rgazmalar markazida o'tadigan Power Uzbekistan 2026 — energetika qiymat zanjirining barcha asosiy ishtirokchilarini birlashtiradigan mintaqadagi eng yirik energetika ko'rgazmasi.

“Yashil Energiya”da umumxalq xayriya hashari o'tkazildi
13–14-mart kunlari “Yashil Energiya” QK MChJda “Yurt obodligi mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.
