
Bo'sh ish o'rinlari
Muhandislik boshqaruvi bo'limi boshlig'i
Tavsif
Lavozim: Muhandislik boshqaruvi bo'limi boshlig'i
Bo'ysunadi: Operatsion faoliyat bo'yicha rahbarga
Ish joyi: Toshkent, O'zbekiston
Lavozim tavsifi
Muhandislik boshqaruvi bo'limi boshlig'i Kompaniyaning muhandislik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalarni texnik ekspertiza va muhandislik jihatdan qo'llab-quvvatlash uchun javob beradi.
Lavozimning asosiy maqsadi — loyihalarning barcha bosqichlarida muhandislik yechimlarining sifatini hamda ularning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro standartlar, investor talablari va Kompaniyaning korporativ texnik standartlariga muvofiqligini ta'minlash.
Bo'lim boshlig'i Kompaniyaning bosh texnik eksperti hisoblanadi va Biznesni rivojlantirish, Loyihalarni amalga oshirish hamda Ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish bo'limlarini muhandislik jihatdan qo'llab-quvvatlaydi.
Asosiy vazifalar
1. Muhandislik bo'limini boshqarish
- Muhandislik boshqaruvi bo'limi faoliyatiga rahbarlik qilish, xodimlar ishini tashkil etish, vazifalarni taqsimlash va topshiriqlar bajarilishi sifatini nazorat qilish.
- Bo'lim ish rejalarini ishlab chiqish va ularning o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash.
- Bo'lim xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish.
- Bo'limning Kompaniyaning boshqa bo'linmalari bilan samarali hamkorligini ta'minlash.
2. Loyihalarni muhandislik jihatdan tayyorlash
Loyihalarni muhandislik jihatdan tayyorlashni tashkil etish, jumladan:
- texnik konsepsiyalarni ishlab chiqish;
- loyihalarning asosiy texnik parametrlarini aniqlash;
- texnik topshiriqlarni tayyorlash;
- loyihalash uchun texnik talablarni tayyorlash;
- optimal texnik yechimlarni tanlashda ishtirok etish;
- yangi investitsiya loyihalarini texnik baholashda ishtirok etish.
3. Loyihalashni boshqarish
Loyihalash jarayonini muhandislik jihatdan qo'llab-quvvatlash:
- loyiha va ishchi hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish (zarur bo'lganda);
- loyiha yechimlarining Kompaniya texnik talablariga muvofiqligini tekshirish;
- loyiha hujjatlarini ko'rib chiqish va kelishish;
- texnik o'zgarishlarni ko'rib chiqish;
- hujjatlarni ishlab chiqish bo'yicha pudratchilar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish.
4. Texnik ekspertiza
Quyidagilarning muhandislik ekspertizasini tashkil etish:
- loyiha hujjatlari;
- muhandislik hisob-kitoblari;
- elektr sxemalari;
- uskunalarni tanlash;
- texnik spetsifikatsiyalar;
- loyihaga kiritiladigan o'zgarishlar.
Muhandislik yechimlarining quyidagi talablarga muvofiqligini ta'minlash:
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi;
- KMK va ShNK;
- IEC;
- IEEE;
- ISO;
- Tarmoq kodeksi (Grid Code);
- kreditorlar va investorlar talablari.
5. Muhandislik standartlarini ishlab chiqish
Quyidagilarni ishlab chiqish va yangilashni tashkil etish:
- korporativ muhandislik standartlari;
- texnik talablar;
- namunaviy texnik yechimlar;
- uskunalarning texnik spetsifikatsiyalari;
- muhandislik hujjatlari shablonlari.
- Kompaniya loyihalarini amalga oshirishda yagona muhandislik yondashuvini ta'minlash.
6. Muhandislik yechimlarini optimallashtirish
Loyihalarni optimallashtirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish, jumladan:
- kapital xarajatlarni kamaytirish;
- operatsion xarajatlarni kamaytirish;
- obyektlar ishonchliligini oshirish;
- ekspluatatsiya samaradorligini oshirish;
- texnik xatarlarni kamaytirish.
- Muhandislik yechimlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash.
7. Loyihalarni amalga oshirishni muhandislik jihatdan qo'llab-quvvatlash
Loyihalarni amalga oshirish bo'limini texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash:
- muhandislik so'rovlarini ko'rib chiqish;
- pudratchilar so'rovlarini ko'rib chiqish;
- texnik o'zgarishlarni kelishish;
- uskunalarni almashtirish masalalarini ko'rib chiqishda ishtirok etish;
- texnik kengashlarda ishtirok etish;
- uskunalarni qabul qilishda ishtirok etish;
- FAT va SAT sinovlarida ishtirok etish (zarur bo'lganda);
- ijro hujjatlarini tekshirish.
8. Ekspluatatsiyani muhandislik jihatdan qo'llab-quvvatlash
Ekspluatatsiya va texnik xizmat ko'rsatish bo'limini texnik jihatdan qo'llab-quvvatlash:
- uskunalar nosozliklarini tahlil qilish;
- muhandislik tavsiyalarini tayyorlash;
- ekspluatatsiya ko'rsatkichlarini tahlil qilish;
- texnik hodisalarni tekshirishda ishtirok etish;
- obyektlar ishonchliligini oshirish choralarini ishlab chiqish;
- uskunalarni modernizatsiya qilish bo'yicha takliflar tayyorlash.
9. Texnologiyalarni rivojlantirish
Quyidagi yo'nalishlarda zamonaviy texnologiyalar va uskunalar tahlilini tashkil etish:
- quyosh energetikasi;
- akkumulyator batareyali energiya to'plash tizimlari (BESS);
- elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi (EQS);
- kichik gidroenergetika;
- raqamli monitoring tizimlari;
- avtomatlashtirish;
- aqlli energetika tizimlari.
- Yangi texnik yechimlarni joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlash.
10. Manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik
Quyidagilar bilan munosabatlarda Kompaniya nomidan ish olib borish:
- loyiha tashkilotlari;
- texnik maslahatchilar;
- EPC pudratchilari;
- uskuna yetkazib beruvchilar;
- investorlar;
- banklar;
- davlat organlari;
- elektr tarmoqlari operatorlari.
Nomzodga qo'yiladigan talablar
Ma'lumoti
Quyidagi yo'nalishlardan biri bo'yicha oliy texnik ma'lumot (bakalavr yoki magistr):
- energetika;
- elektrotexnika;
- qayta tiklanuvchi energetika;
- sanoat muhandisligi;
- energetika obyektlari qurilishi;
- avtomatlashtirish;
- boshqa muhandislik mutaxassisliklari.
Magistr darajasi afzallik hisoblanadi.
Ish tajribasi
- energetika obyektlari muhandisligi, ayniqsa qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida kamida 10 yillik tajriba;
- muhandislik bo'limiga rahbarlik qilish bo'yicha kamida 5 yillik tajriba;
- quyosh fotoelektr stansiyalari, BESS, podstansiyalar yoki boshqa energetika obyektlarini amalga oshirish tajribasi;
- xalqaro EPC pudratchilari, muhandislik maslahatchilari va uskuna yetkazib beruvchilar bilan ishlash tajribasi;
- xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda ishtirok etish tajribasi afzallik hisoblanadi.
Kasbiy bilimlar
Nomzod quyidagi sohalarda bilimga ega bo'lishi kerak:
- yirik quvvatli quyosh fotoelektr stansiyalari (QFES);
- akkumulyator batareyali energiya to'plash tizimlari (BESS);
- yuqori va o'rta kuchlanishli elektr ta'minoti tizimlari;
- podstansiyalarni loyihalash;
- himoya va avtomatika tizimlari;
- tarmoqqa ulanish (Grid Connection);
- SCADA;
- IEC, IEEE va ISO xalqaro standartlari;
- O'zbekiston Respublikasi qurilish me'yorlari;
- Tarmoq kodeksi (Grid Code) talablari;
- EPC shartnomalari;
- FIDIC tamoyillari;
- loyiha yechimlarini ekspertizadan o'tkazish (Design Review);
- qiymat muhandisligi (Value Engineering);
- texnik due diligence (Technical Due Diligence);
- muhandislik xatarlarini boshqarish.
Ko'nikma va malakalar
- texnik yetakchilik;
- strategik fikrlash;
- muhandislik jamoasini boshqarish;
- muhandislik ekspertizasi va baholash;
- texnik xatarlarni tahlil qilish;
- texnik xulosalar tayyorlash;
- muzokara olib borish ko'nikmalari;
- muhandislik qarorlarini qabul qilish;
- o'zgarishlarni boshqarish;
- xodimlarni rivojlantirish.
Tillar
O'zbek tili — majburiy;
Ingliz tili — juda maqbul (kamida Upper-Intermediate / B2 darajasi).
Rus tili — juda maqbul;
Dasturiy ta'minotni bilish
Quyidagi dasturlarni yaxshi bilish maqsadga muvofiq:
- AutoCAD;
- PVsyst;
- LIRA;
- ETAP;
- DIgSILENT PowerFactory;
- MS Project;
- Microsoft Office.
Ariza topshirish va aloqa
Talablarga javob beradigan nomzodlar o'z rezyumesini tegishli tajribasi bayon etilgan motivatsion xat bilan birga yuborishlari mumkin.
Ariza topshirish, savollar yoki qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:
Email: d.madaminov@yashil-energiya.uz
Tel.: +998 55 514 88 44
Barcha arizalar qat'iy maxfiylikda ko'rib chiqiladi. Faqat saralangan nomzodlar bilan keyingi suhbat uchun bog'laniladi.
