Xaridlar to‘g‘risida umumiy bildirishnoma

O‘zbekiston Respublikasi

O‘zbekistonda taqsimlangan quyosh energiyasi

Rivojlanish loyihasi

Loyihaning identifikatsiya raqami: P000827

O‘zbekiston Respublikasi Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankidan (keyingi o‘rinlarda – AIIB) O‘zbekistonda davlat taqsimlangan quyosh energetikasini rivojlantirish loyihasi bo‘yicha tayyorgarlik tadbirlari uchun 1 700 000 AQSh dollariga teng miqdorda Loyihani tayyorlash maxsus jamg‘armasini (PPSF, keyingi o‘rinlarda – «Grant») oldi va mablag‘larning bir qismini ushbu grant doirasida xarid qilinadigan tovarlar, ishlar, nokonsalting va konsalting xizmatlari uchun to‘lashga yo‘naltirish niyatida.

Grant doirasidagi tadbirlar loyiha bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini, jumladan texnik-iqtisodiy asoslash, ekologik va ijtimoiy baholash hamda ekologik va ijtimoiy vositalarni tayyorlash, huquqiy va me’yoriy tekshiruv, tender hujjatlarini tayyorlash va tender jarayonini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

AIIB tomonidan moliyalashtiriladigan shartnomalar bo‘yicha xaridlar AIIB ning oluvchilar uchun xaridlar bo‘yicha ko‘rsatmalar to‘g‘risidagi direktivasida (2024-yil iyul) belgilangan protseduralarga muvofiq amalga oshiriladi va barcha talablarga javob beradigan firmalar va shaxslar uchun ochiqdir.

Xalqaro ochiq tanlovga qo‘yiladigan shartnomalar bo‘yicha aniq xarid bildirishnomalari ular paydo bo‘lishiga qarab AIIB ning tashqi veb-saytida va «Yashil Energiya» QK MChJ veb-saytida e’lon qilinadi.

Tenderda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan hamda yuqorida qayd etilgan loyiha uchun tovarlar, ishlar, nokonsalting va konsalting xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan manfaatdor kompaniyalar va jismoniy shaxslar, yoki qo‘shimcha ma’lumotga muhtoj bo‘lganlar, loyihani amalga oshiruvchi agentlik bilan quyidagi manzil orqali bog‘lanishlari lozim:

Nasretdinov N.T.«Yashil Energiya» QK MChJ direktori
2B, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, Yunusobod tumani, Toshkent, O‘zbekiston

Tenderlar

  • TenderOfis texnikasini xarid qilish tanlovi
    HolatiYakunlangan
    Muddat30-may, 2025-yil
  • TenderKanselyariya tovarlarini xarid qilish tanlovi
    HolatiYakunlangan
    Muddat2-iyun, 2025-yil
  • TenderLoyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini (TIA) ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyasini tanlash
    HolatiYakunlangan
    Muddat19-sentyabr, 2025-yil