“Yashil Energiya” MChJ QK ilova qilinayotgan Texnik topshiriqqa muvofiq quyosh fotoelektr stansiyalarini ekspluatatsiya qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni joriy ta’mirlash (O&M) bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqishingizni so‘raydi.
Xarid 14 ta hududiy lot bo‘yicha amalga oshiriladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri. Har bir lot bo‘yicha obyektlar ro‘yxati, ularning joylashuvi, soni va o‘rnatilgan quvvati Texnik topshiriqning 1-ilovasiga tegishli obyektlar reyestrida ko‘rsatilgan.
Ishtirokchi har bir lot bo‘yicha majburiyatlarni mustaqil bajarish uchun zarur resurslarga ega bo‘lgan taqdirda, bitta yoki bir nechta lot bo‘yicha taklif taqdim etishga haqli. Tijorat taklifi har bir tanlangan lot bo‘yicha alohida, 12 oylik davr uchun Texnik topshiriqning 5-ilovasidagi shaklga muvofiq tayyorlanishi lozim.
Xizmatlarning asosiy hajmi rejali texnik xizmat ko‘rsatish, fotoelektr modullarni tozalash, diagnostika, nosozliklarni bartaraf etish va avariyaviy xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash hamda hisobotlarni taqdim etishni o‘z ichiga oladi. Ishlarning tarkibi va davriyligi Texnik topshiriqning 4–6-bo‘limlari va 2-ilovasida, tezkor choralar ko‘rish va ish faoliyatini tiklash muddatlari 8-bo‘limi va 3-ilovasida, xodimlar va moddiy-texnik ta’minotga qo‘yiladigan talablar esa 9-bo‘limida belgilangan. Qo‘shimcha xizmatlar buyurtmachining alohida yozma topshirig‘i asosida, 12-bo‘limda nazarda tutilgan tartibda bajariladi.
Taklifni tayyorlashda Texnik topshiriqning 15 va 17-bo‘limlari, shuningdek, 4 va 9-ilovalarida nazarda tutilgan tijorat modeli va hisob-kitob tartibini inobatga olishingizni so‘raymiz.
Taklifda har bir tanlangan lot bo‘yicha umumiy yillik qiymat, rejali ishlar va qo‘shimcha xizmatlar uchun narxlar, valyuta va qo‘llaniladigan soliqlar, taklif etilayotgan to‘lov muddatlari, zarur hollarda avans to‘lovi shartlari, ishlarni boshlash uchun safarbarlik muddati hamda taklifning amal qilish muddatini ko‘rsatishingizni so‘raymiz. Narx tegishli xizmatlar hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha xarajatlarni hisobga olishi lozim.
Taklif bilan birga Texnik topshiriqning 18-bo‘limida nazarda tutilgan, malaka va tanlangan lotlardagi obyektlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish imkoniyatini tasdiqlovchi hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘raymiz.
Tijorat taklifini 2026-yil 6-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar yuborishingizni so‘raymiz.
Tijorat takliflarini tayyorlash va taqdim etish bo‘yicha savollar yuzasidan M. Muxamedaliyevga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Elektron pochta: m.muxamedaliyev@yashil-energiya.uz, telefon: (+998) 90 830 31 36.
Xizmatlar hajmi va Texnik topshiriq talablari bilan bog‘liq texnik savollar yuzasidan quyidagi shaxslarga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
- E. Juravlyov, elektron pochta: e.zhuravlev@yashil-energiya.uz, telefon: (+998) 97 109 18 17;
- Z. Mustafayev, elektron pochta: z.mustafayev@yashil-energiya.uz, telefon: (+998) 99 669 87 82.

