“Yashil Energiya” MCHJ xodimlari malakasini oshirmoqda

“Yashil Energiya” MCHJ faoliyatini 2025-yilda rivojlantirish ish rejasining 11-bandida xodimlar malakasini oshirish belgilangan.
photo_2025-04-24_10-56-50.jpg
Shunga ko‘ra, “Yurist va Kadr” nodavlat taʼlim muassasasi tomonidan 2025 yil 14 apreldan 10 kun davomida xodimlarni yangi mehnat kodeksiga asosan kadrlar xizmatiga oid ishlarni tashkil qilish va mehnatga oid hujjatlarni qonuniy rasmiylashtirish yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli (36 soat) oflayn o‘quv kursida Jamiyatning Kadrlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Zikrullayev Xamidulla Ismatullayevich malaka oshirib keldi.
photo_2025-04-24_10-56-42.jpg