Yangi Toshkentda elektromobillarni tezkor zaryadlash stansiyasi ishga tushirildi
Xitoyning “Huawei” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 480 kVt quvvatga ega “Fusion Charge” stansiyasi O‘rta Osiyo mintaqasida ilk marta o‘rnatilayotgan yuqori texnologiyali zaryadlash infratuzilmasi hisoblanadi. Ushbu qurilma bir vaqtning o‘zida 6 ta elektromobilni 15 daqiqa ichida to‘liq quvvatlash imkoniyatiga ega.
Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, stansiya joylashgan hududda 200 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi ham ishga tushirilgan. Zaryadlash stansiyasi aynan mana shu quyosh panellari orqali ishlab chiqarilayotgan “yashil energiya”dan foydalanadi.
Bunday loyihalar mamlakatimizda ekologik toza transportni keng joriy etish, aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, shu bilan birga, ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.