Global South Utilities tomonidan ulushni sotib olish bo'yicha memorandum imzolandi

Samarqand iqlim forumi hududlararo hamkorlikni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi. Tadbirda ishtirokchi davlatlarning iqtisodiy va siyosiy aloqalarni chuqurlashtirish, hamkorlik va transport va energetika kabi muhim sohalarda rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar ochish borasidagi sa’y-harakatlari alohida ta’kidlandi.
007A8670.JPG
Sammit O‘zbekistonning iqlim forumini o‘tkazish tashabbusi bilan qo‘llab-quvvatlandi, uning doirasida O‘zbekiston Prezidentining qator tashabbuslari, jumladan, “Markaziy Osiyoning yashil kun tartibi” va uning mintaqada barqaror rivojlanishga ko‘maklashishdagi o’rni alohida ta’kidlandi.
Uchinchi sessiya doirasida “Toza energiya: barqaror va ekologik rivojlanish asosi” mavzusida ishtirokchi-davlatlar delegatsiyalarining uchrashuvlari tashkil etildi va o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri janob Mirzamaxmudov Jo‘rabek Tursunpo‘latovich va BAA Energetika va infratuzilma vaziri janob Suhail Al Mazrui hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar ishtirokida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida “Global South Utilities” kompaniyasi tomonidan “Yashil Energiya” MChJ ulushini sotib olish bo‘yicha memorandum imzolandi.
007A8693.JPG
007A8718.JPG