
Mikro GES
GIDROELEKTR STANSIYALAR
Tabiatdan – toza energiya sari!
"Yashil Energiya" MCHJ O‘zbekiston hududida barqaror va ekologik toza energiya manbalarini joriy etishga doimiy hissa qo‘shib kelmoqda. Mikro gidroelektrostansiyalar bo‘limi esa shu yo‘ldagi muhim yo‘nalishlardan biridir.
Nima uchun mikro GES
Mikro gidroelektrostansiyalar – bu quvvati 5 kVt dan 500 kVt gacha bo‘lgan, suv oqimidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kichik quvvatli inshootlardir. Ular quyidagi afzalliklarga ega:
Doimiy va barqaror elektr ta’minoti
Ekologik xavfsizlik – atrof-muhitga zarar yetkazmaydi
Qishloq hududlaridagi energiya tanqisligini bartaraf etish
Kam xarajatli texnik xizmat va uzoq xizmat muddati
Bizning xizmatlar:
- Gidrotexnik va energetik loyihalash
- "Tayyor biznes" loyiha (kalit topshirish) asosida mikro GES qurilishi
- Montaj va ishga tushirish
- Monitoring va texnik xizmat ko‘rsatish
Normativ-huquqiy asos
Mikro gidroelektr stansiyalar bo‘yicha faoliyatimiz O‘zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy siyosati va qo‘llab-quvvatloviga asoslanadi. Xususan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-129-sonli qarori – "Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi ushbu qaror mavjud suv resurslaridan oqilona foydalangan holda tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashning barqarorligini yanada oshirish va shu orqali butun iqtisodiyotning energiya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Amalga oshirilayotgan loyihalar
Hozirda "Yashil Energiya" MCHJ tomonidan Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumani, Margunenkova kanalida mikro GES-1 loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu stansiya 270 kVt quvvatga ega bo‘lib, mahalliy suv resurslaridan samarali foydalanish va yaqin hududlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Rejalashtirilayotgan loyihalar
2025-yil davomida kompaniyamiz tomonidan yana 5 ta yangi mikro GES loyihasini boshlash rejalashtirilgan. Bu loyihalar O‘zbekistonning turli hududlarida amalga oshirilib, minglab aholining barqaror elektr ta’minotini yaxshilashga xizmat qiladi.
Kontaktlar
Telefon raqami
+998 55-514-88-44
Manzil
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko'chasi, 2B-uy
Mo'ljal
UZGIDROMET
Elektron pochta
info@yashil-energiya.uz