9−13-sentabr kunlari “Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha hududlarida qon topshirish aksiyasini o‘tkazildi.

photo1

“Maqsad murakkab operatsiyalardan so‘ng, og‘ir jarohatlar yoki saraton kasalligiga chalingan va qon quyishga juda muhtoj bo‘lgan bemorlarni qo‘llab-quvvatlashdir. Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish kasalxonalar va tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi. Bu ayniqsa, favqulodda vaziyatlar va rejalashtirilgan operatsiyalar uchun muhimdir”, — deyiladi harakat xabarida.

photo2

"Yashil Energiya" MChJ hodimlari ham turli tibbiyot amaliyotlarida bo'lgan yurtdoshlarimizga ko'mak berish maqsadida hayriya aksiyada faol ishtirok etishdi.