6-sentabr kuni “Yashil Energiya” MChJ va Xitoyning “Shandong Hi-Speed Co Ltd” kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

photo1

Unda “Yashil Energiya” kompaniyasi tomonidan yurtimizdagi bir qator ijtimoiy soha obyektlariga quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish yuzasidan olib borilayotgan ishlar hamda ularning samaradorligi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muzokara jarayonida xorijiy kompaniya O‘zbekistonda “yashil” energetikani jadal joriy etish borasida yirik loyihalar olib borilayotgani, bu borada bir nechta xitoy kompaniyalari ham faol ishtirok etayotgani hamda bu yo‘nalishda ham yaratilgan sharoitlar eʼtirof etildi.

Shuningdek, Xitoy kompaniyasi respublikamiz hududidagi ijtimoiy soha obyektlarida umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatishga qiziqish bildirayotganini alohida taʼkildlandi.

Uchrashuv so‘ngida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi.